Renessans ta’lim universiteti Xorijiy filologiya kafedrasi tomonidan talabalarning ingliz tilidagi so‘zlarning aytilishi va yozilishidagi harflarning to‘g‘ri talaffuz qilish salohiyatini sinash maqsadida “Spelling Bee” bellashuvi tashkil qilindi. Unda jamiki ingliz tili yo‘nalishida o‘quvchi talabalar xohishlariga ko‘ra qatnashishdi.
Shart juda ham oddiy edi. Unga ko‘ra: ishtirokchilar monitorga teskari tarzda orqa tomonlama turib, hakamlar aytgan inglizcha so‘zning yozilish tartibini harflab aytib berishi kerak edi. Jarayon qayta-qayta takrorlanib, oxirigacha mag‘lub bo‘lmasdan so‘zlarning harflarini to‘g‘ri topib kelgan qatnashchilar g‘alaba qozonishdi.
1-o‘rin Tillayev Shohrux 13-23 guruh, filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
2-o‘rin Mamadumarova Madina 11-23 guruh, filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
3-o‘rin Po‘latova Muxlisa 8-23 guruh, filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) nasib etdi.
Tadbir so‘nggida, g‘olib bo‘lgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.