IIB hamkorligida profilaktik tadbir o‘tkazildi

IIB hamkorligida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 
 
Unda Shayxontohur tuman IIBning Yoshlar masalalari bo‘yicha inpektorlari, “Fotimai Zahro” masjidi imomi, universitet talabalari ishtirok etishdi. 
Uchrashuvda talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlar orderini olish, firibgarlik va kibertahdidlardan ogoh bo‘lish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 
 
Davra suhbatida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga va siyosiy huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilganligi borasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i Z.Narziyev fikrlarini bildirib o‘tdi. 
 
“Fotimai Zahro” masjidi imomi M.M.Muxammadiyev talabalarga yuzlanib hozirda ilim olish ularning asosiy maqsadlari va burchi ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 
 
Shayxontohur tuman IIBning Yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlari katta tezkor vakili podpolkovnik F.M.Mansurova, katta inspektori podpolkovnik Sh.R.Qodirovlar  so‘zga chiqib, hozirda avj olgan kibertahdidlardan ogoh bo‘lish, bank kartalarini raqami va amal qilish muddatlarini hech kim bermaslik, “Davlat tomonidan yordam puli berilmoqda”! kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini takidlab o‘tishdi.
 
Shuningdek, xotin-qizlar uchun himoya orderini olish tartibi va uni amal qilish muddatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tishdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.