Hamkorlikning yangi bosqichi: Renessans ta'lim universiteti va Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universitetlari hamkorlikni boshladi.
Avval xabar berganimizdek, Renessans ta’lim universiteti rektori Nusratilla Barakayev boshchiligidagi vakillarimiz Turkiyada xizmat safarida bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari bilan qator muzokaralar o‘tkazmoqda.
Turkiyada o‘tayotgan muhim uchrashuvlar davomida 27-noyabr kuni Renessans ta’lim universiteti va Anqara Hoji Bayram Vali universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Ushbu memorandum ikki universitet o‘rtasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Endi talabalar va professorlar xalqaro miqyosda tajriba almashish, innovatsion loyihalarda birgalikda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.