Xabaringiz bor, ayni paytda universitetimiz professor-o‘qituvchilari Finlandiyada “Ta’lim tizimi menejmenti” bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.
Vakillarimiz malaka oshirish davomida Finlandiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasida ham muzokaralar olib bormoqda.
Xususan, Yuvaskula universiteti xalqaro aloqalar bo'limi (Tina Saveli) bilan ikki universitet oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish bo'yicha uchrashuv tashkil etildi. Bundan tashqari, Renessans ta’lim universiteti va Primer Education Finland (Ilkhom Khalimzoda) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik harakati Finlandiyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, masofaviy ta’limni rivojlantirish, qoʻshma ta'lim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatini beradi.
Renessans ta’lim universiteti dunyoda muvaffaqiyatli deb tan olingan Finlandiya taʼlim tizimining ilg'or yutuqlarini o'rganishda davom etadi.