Farg‘onada xalqaro toifadagi sport ustasi, RTU professori kurash bo‘yicha seminarda qatnashdi

Farg‘onada xalqaro toifadagi sport ustasi, RTU professori kurash bo‘yicha seminarda qatnashdi

Renessans ta’lim universiteti Xalqaro toifadagi sport ustasi, professor, p,f,b,f,d (PhD)  Artiqov Zohidjon Sobirovich O‘zDJTSU Farg‘ona filiali kichik faollar zalida kurash mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar bilan “Kurash turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi” mavzusida suhbatlashdi.
Seminar davomida ishtirokchilar yetakchi olimlardan biri bo‘lgan Zohidjon Artiqovning ilmiy ishlaridagi nazariy va amaliy yangiliklar, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari, kurash tarixining kecha va buguni, Milliy sport turlarimizning o‘xshash va farqli jihatlari kabi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek tadbir davomida talabalar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarga batafsil javoblar olishdi.