“Eh, sening yoshliging menda boʻlsaydi” mavzusida ijodiy-maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi

“Eh, sening yoshliging menda boʻlsaydi” mavzusida ijodiy-maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi

Renessans taʼlim universiteti faollar zalida Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi tomonidan Eh, sening yoshliging menda boʻlsaydi” deb nomlangan ijodiy-maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirga mehmon sifatida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Yusuf Ziyod taklif qilindi. U kishi talabalarga oʻz ijod namunalaridagi sheʼrlardan oʻqib, ibratli hayotiy voqealar haqida hikoya qilib berdi. Jumladan, shoir yoshlarga vatan, yurt, yoshlik va muhabbat mavzularida sheʼrlar oʻqib, hayotiy hikoyalar soʻzlab berdi.
 
Jarayon davomida Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori T.Alimardonov shoir Yusuf Ziyodning ijodi va faoliyatiga toʻxtalib, ijodkorga ijodiy zafarlar tiladi.
 

Bu kabi davra suhbatlarini oʻtkazishdan maqsad: Yoshlarni ijodiy barkamollik ruhida tarbiyalash ularda ijodkorlik, yaratuvchanlik, izlanuvchanlik sifatlarini shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻlib, qalbida ijodga, madaniyat, sanʼat va adabiyotga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat.