Bilimdonlar bahsining 2-tur o‘yinlari qanday o‘tdi?

Bilimdonlar bahsining 2-tur o‘yinlari qanday o‘tdi?

Davlatimiz rahbarining qarori bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida har yili “Intellektual olimpiada” tashkil etish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, Renessans ta'lim universitetida "Zakovat ligasi"ning kuzgi mavsum o‘yinlariga start berilgan edi. 
 
Intellektual olimpiada har haftaning seshanba kuni tashkil etib kelinmoqda. 
Ligada ishtirok etayotgan jamoalar reyting ballarini jamg‘arib boradi va yakunda eng ko‘p ball jamg‘argan jamoa g‘olib deb topilib, Renessans ta'lim universitetining maxsus qiymatga ega sovrinlari bilan taqdirlanadi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, liganing 1-tur o‘yinlarida 13 ta jamoa ishtirok etib: 
  • 1-oʻrin "Elegant" jamoasi 
  • 2-oʻrin "Scholars" va "Wisdom" jamoalari
  • 3-oʻrin "Intelligent" jamoasi muvaffaqiyatli yakunlagan edi. 
 
2-tur bahslarida esa, jami 15 ta jamoa qatnashib:  
  • 1-oʻrin "Scholars" jamoasi 
  • 2-oʻrin "Wisdom" jamoasi
  • 3-oʻrin "Economist" jamoalari yuqori natijalarni qayd etishdi.
 
Eslatib o‘tamiz, "Zakovat ligasi"ning navbatdagi 3-tur o‘yinlari 28-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. 
 
O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang! Bilimdonlar bahsida bilimlaringizni sinashning ayni vaqti!