"Art theraphy" mavzusida seminar-trening tashkil qilindi

"Art theraphy" mavzusida seminar-trening tashkil qilindi

Renessans ta’lim universitetida Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 1-bosqich Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun “Art theraphy” mavzusi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Sanʼat insonga ogʻzaki boʻlmagan muloqot qilish imkonidir. Baʼzan odam ichki nizolarni vizual tasvirlar yordamida, soʻzlarni qoʻllamasdan, yuz berayotgan voqelikni toʻgʻri tasvirlashga harakat qilmasdan tushunishi va ifodalashi osonroq boʻladi. Psixologiyada sanʼat obyektini yaratish jarayonini oʻz ichiga olgan art terapiyasi turlari psixolog va shifokorlarga koʻplab qiziqarli materiallarni olish imkoniyatini beradi, bu esa keyinchalik izohlash va tashxis qoʻyishda samarali yordam berishi mumkin.
"Art theraphy" mavzusi bo'yicha seminar-trening o'tkazishdan maqsad talabalarni psixologiya sohasiga qiziqishlarini oshirish va amaliy jihatdan bilim berishdan iborat.