AQShlik mutaxassis Syuzan Olmstead-Vangdan “Talabalarni darsga jalb qilish” mavzusida seminar-trening

AQShlik mutaxassis Syuzan Olmstead-Vangdan “Talabalarni darsga jalb qilish” mavzusida seminar-trening

Renessans ta’lim universitetida Chet tillari va Xorijiy filologiya kafedrasi o‘qituvchilari uchun “Talabalarni darsga jalb qilish” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi. Seminarni AQShning Alabama universitetidan tashrif buyurgan pedagog Syuzan Olmstead-Vang o‘tib berdi. 
 
Ikki soat davom etgan uchrashuvda o‘qituvchilar: til o‘rgatish davomida zamonaviy usullardan foydalanish, pedagogik mahorat ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, talabalarni darsga jalb qilishning yangicha metodlarini interaktiv o‘yinlar orqali o‘rganishdi.
 
Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan mashg‘ulot barchani xursand qildi va o‘qituvchilar o‘rtasida bir olam zavq ulashildi. 
Jarayon so‘ngida, Syuzan Olmstead-Vang muallifligi ostida chop etilgan kitoblar universitet kutubxonasi uchun taqdim etildi.