Hozirgi vaqtda poytaxtimiz markazida joylashgan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi bilan yoshlarni tanishtirish, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tkazilyabdi.
Xususan, Renessans ta’lim universiteti Filologiya kafedrasi 2-bosqich talabalari ham Cho’lpon haykali atrofida yig‘ilishib, adibning ijodi bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan so‘ng, sport musobaqalariga start berilib, talabalar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. O‘ta jo‘shqin va raqobatli kechgan bellashuvda talabalar bir olam zavq olishdi va o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi.
Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.