Adiblar xiyoboni – adabiyot maskaniga sayohat tashkil etildi

Adiblar xiyoboni – adabiyot maskaniga sayohat tashkil etildi

Renessans ta’lim universiteti, Pedagogika-Filologiya kafedrasi Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirokida Adiblar xiyoboniga sayohat uyushtirishdi.

 

“Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, ularni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda talaba-yoshlarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Ajdodlar xotirasi doim yodimizda” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talabalar Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.

 

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar dunyoqarashini o‘stirish, adabiyot har bir xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi ta’sir kuchiga ega muhim vosita ekanligini, unda millatning madaniyati, urf-odati, dunyoqarashi, ma’naviyati aks etishi, shuningdek, adabiyot yashasa millat yashaydi, uning sha’ni ulug‘lanadi, qadriyatlari qadr topadi degan tushunchalarni ular ongiga singdirib, talabalarda yuksak vatanparvarlik ruhini shakllantirishdan iborat.  

 

Sayohat dastlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ish faoliyati va ijodkorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Shundan so‘ng Alisher Navoiy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Maqsud Shayxzoda, G‘afur G‘ulom, Said Ahmad, Hamid Olimjon, Zulfiya, Ibroyim Yusupov va Muhammad Yusuflarning haykallari poyiga hurmat bajo keltirilib, shoir va yozuvchilarnig hayoti va ijod namunalari asosida davra suhbati tashkil qilindi. Tashrif ishtirokchilari adiblarning hayot yo‘li, ijodi va ularning asarlari, she’riyati haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

 

Shuningdek, 1-dekabr Qoraqalpoq tili kuni munosabati bilan Berdaq haykali poyida tashkil qilingan davra suhbatida ham ishtirok etdilar.