Bugun millatimiz ruhi, milliy gʻururimiz – kundan kunga shuhrati va obro‘si oshib borayotgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘ldi.
Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oyinai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Istagimiz, har bir yurtdoshimiz o‘z ona tilisini dunyo hamjamiyatida o‘rni va nufuzini oshishi uchun o‘z hissasini qo‘shaversin!
Renessans ta’lim universiteti jamoasi yurtdoshlarimizni o‘zligimizni anglatuvchi—qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etadi!