Ilmiy faoliyati va yutuqlari
Ismatov Asliddin Fazliddin oʻgʻli 2024-yil 25-iyunda Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli ilmiy kengashda 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ertak diskursi va uning lingvokulturologik tadqiqi (o‘zbek va ingliz xalq ertaklari misolida)” mavzusida filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dissertatsiyanini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
A.Ismatov o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirgan holda bir qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan, A.Ismatov muallifligida 1 ta ilmiy monografiya, 2 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, mahalliy va xorijiy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar eʼlon qilingan.
Soha muammolariga qaratilgan ilmiy-tadqiqot mavzusi
Ertak diskursida kognitiv, pragmatik va sotsiopragmatik aspektlar tabiati oʻzbek va ingliz tillaridagi xalq ertaklari misolida oʻrganilishi tilshunoslik muammolariga qaratilgan tadqiqotdir. Ushbu loyiha kognitiv yondashuv orqali ertak nutqida olamning lisoniy obrazi masalasini tahlil qilishga qaratilgan. Ingliz va oʻzbek ertak diskursida ertak nutqining pragmatik va sotsiopragmatik xususiyatlari antropotsentrik tilshunoslik doirasida tahlil qilinadi. Ushbu mavzular tilshunoslik sohasi muammolarini oʻrganishga qaratilgan va tadqiqot metodologiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Tadqiqot natijadorligi
Ushbu tadqiqot natijalari davomida ertak diskursidagi kognitiv va sotsiopragmatik komponentlarning oʻzaro aloqalari aniqlanadi, ertak diskursining kognitiv, pragmatik va sotsiopragmatik tavsifi yordamida oʻzbek va ingliz xalq ertaklarining oʻxshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Ushbu natijalar tilshunoslikning zamonaviy muammolarini chuqur oʻrganishga va aniq metodologiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik
hamkorlik doirasida Turkiya va Qozgʻiston respublikalarining bir necha yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorliklar yoʻlgan qo‘yilgan. Jumladan, Karauk, Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetlari bilan oʻquv va ilmiy sohada hamkorliklar qilib kelinmoqda.