Universitetimizda so‘z sehri va ma’naviyat uyg‘unlashgan unutilmas adabiyot kechasi bo‘lib o‘tadi.
Kunning mehmonlari:
➡️ Iqbol Mirzo – O‘zbekiston xalq shoiri
➡️ Guljahon Mardonova – yozuvchi, filologiya fanlar doktori.
➡️ Fozil Farhod – jurnalist va shoir.
Ular bilan birgalikda adabiyotning ma’naviy qudrati, ijod sir-sinoatlari va hayotiy tajribalari haqida suhbatlashish imkoniga ega bo‘lasiz.
Adabiy kecha 12-noyabr kuni, soat 10:30 da universitetning asosiy binosi, 7-qavat, Faollar zalida boshlanadi.
Adabiyot ixlosmandlari ushbu ma’rifiy uchrashuvni o‘tkazib yubormang. So‘z san’atining mo‘jizaviy olamidan bahramand bo‘ling.