9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Renessans ta’lim universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Matematika va iqtisod fakulteti talabalari Rayhona Abdullayeva 1-o‘rinni, Bonu Karimova 2-o‘rinni, E’zoza O‘rinova 3-o‘rinni egalladi.

Tanlovda 40 dan ortiq yosh ijodkorlar o‘z asarlari bilan ishtirok etdi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlarga ijodiy imkoniyatlar yaratadi, balki ularni kelajakda jamiyatning faol, mas’uliyatli fuqarolari sifatida shakllanishiga yordam beradi.