Renessans ta’lim universiteti va Qozon Federal universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga ko‘ra, qator yo‘nalishlar belgilab olingan, ulardan biri birgalikda mashg‘ulotlar olib borish hisoblanadi.
Shu kunlarda Qozon Federal universiteti Psixologiya va ta’lim instituti direktor o‘rinbosari, professor A.Galimov bo‘lajak psixologlar uchun Pedagogika fanidan onlayn mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
Mazkur darslar interaktiv tarzda tashkil etilib, talabalar bevosita yiroqlashgan auditoriyada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish, fanga oid yangi bilim va tajribalarni mukammal egallashlari uchun imkoniyat yaratilgan.
Avvalroq universitet rektori boshchiligidagi ishchi guruh Qozon Federal universitetida bo‘lib, u yerda dars mashg‘ulotlari olib borgan edi.