Unda TDAU huzuridagi agrosanoat majmui iqtisodiyotini raqamlashtirish ilmiy maktabi rahbari, O‘zbekiston - Isroil xalqlar do‘stligi jamiyati direktori, akademik Saidasror Gulyamov “Qishloq xo‘jaligi sanoatida yashil iqtisodiyotni raqamlashtirish muammolari” mavzusida ilmiy yondashuvlarini o’rtaga tashladi. — O‘zbekiston — quruq iqlimga ega mamlakat bo‘lib, suv resurslari yetishmovchiligiga duch kelmoqda, — dedi Saidasror Gulyamov. — Bu nafaqat tabiiy sharoit bilan, balki qishloq xo‘jaligida suvdan samarasiz foydalanish bilan ham bog‘liq, chunki qishloq xo‘jaligi mamlakatdagi suv resurslarining taxminan 90 foizini iste’mol qiladi.

Shuningdek, irrigatsiya infratuzilmasi eskirgani sababli suvning 36 foizini yo‘qotmoqdamiz. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi muammoni yanada kuchaytirishi mumkin: ekspertlar taxminiga ko‘ra, 2030-yilgacha mintaqaning suv ta’minoti 20-25 foizga qisqarishi mumkin. Shunday ekan, yashil iqtisodiyot sharoitida qishloq xo‘jaligi marketingi ham raqamli bo‘lishi zarur. Masalan, yangi texnologiyalar va funksional mahsulotlar, aqlli ishni butun dunyo bo‘ylab masofadan turib amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston buxgalter va auditorlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi i.f.d., professor Minovar Tulaxodjayeva “Ekologik audit: jahon tajribasi va amaliyoti O‘zbekistonda” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti professori iqtisodiyot fanlari doktori Saidov Muhammad Ali “O‘zbekistonda Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida qishloq xo‘jaligi transformatsiyasi” masalasida o‘z fikrlarini bildirdi.