Bugun Renessans ta’lim universitetida ilm-fan olamiga katta hissa qo‘shgan mashhur olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Azamov Abdulla Azamovich ishtirokida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Universitet rektori Nusratilla Barakayev tadbirni ochib, uchrashuvning amaliy ahamiyati xususida so'z yuritdi. Professor talabalarga ilm-fan olamidagi tajribalari va muvaffaqiyat sirlari haqida gapirar ekan, ularga yangi bilimlar sari qat’iyat bilan intilish zarurligini uqtirdi.
Uchrashuv talabalarning o‘z orzularini aniqlash va ilmiy izlanishlarga jiddiy kirishishiga turtki bo‘ldi.
Suhbat yakunida rektor Nusratilla Barakayev universitet jamoasi nomidan professor Abdulla Azamovga minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘asini topshirdi.
Ilm-fan sari qadam tashlashni orzu qilgan yoshlar uchun bu kabi uchrashuvlar albatta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi!