Xabaringiz bor “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi yo‘nalishlararo 2023-yilning oktabr oyidan beri o‘tkazilib kelinyabdi. Unga ko‘ra final bosqichiga universitet bo‘yicha 7 ta jamoa yetib kelgan.
“EVEREST” 41-23-guruh Xalqaro munosabatlar
“SCHOOLERS” 63-23-guruh Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo‘yicha)
“ECONOMISTS” 60-23-guruh Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo‘yicha)
“TEMERLAN” 51-23-guruh Kompyuter injiniringi (AT servis)
“PEDAGOGLAR” 30-23-guruh Boshlang‘ich ta’lim
“WISDOM” 3-23-guruh Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)
“DEVERGENT” 25-23-guruh Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
Shiddatli va ko‘tarinki ruhda boʻlib oʻtgan o‘yinda ishtirokchilar turli ilm-fan, sohalarga va mavzularga oid mantiqiy savol-javoblar asosida bellashishdi. Murosasiz kechgan bahsda ikkita guruh bir xil natijani qayd etgani uchun alohida qo‘shimcha savollar berildi va ular orasidan ustuni aniqlandi.
Shunday qilib, o‘yin so‘nggida qayd etilgan natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar aniqlandi va ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari berildi. Boshqa qatnashgan guruhlar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
Unga ko‘ra, kuchli uchtalikka tuhfa qilingan narsalar ro‘yxati quyidagicha:
3-o‘rin: “TEMERLAN”jamoasi (Smartwatch)
2- o‘rin: “SCHOOLERS”jamoasi (Power bank)
1-o‘rin:“EVEREST”jamoasi (AirPods) “Zakovat” statuetkasi