“Ilk qadam” davlat dasturini pedagogik jarayonga tadbiq etish fanidan “Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida tashkil etilayotgan mahorat darsiga barchani taklif etamiz.
Mashg‘ulotni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti, p.f.f.d., PhD Nasiba Erhanova hamda Renessans ta’lim universiteti "Pedagogik ta’lim va psixologiya" kafedrasi dotsenti Mohira Turdiyeva olib boradi.
Dars jarayonida pedagogik-psixologik mavzularda qiziqarli suhbat va savol-javoblar o‘tkaziladi.
Dars 14-noyabr kuni, soat 14:30 da, Pedagogika fakultetida boshlanadi.
Talabalarni ushbu qo‘shma ochiq darsda faol ishtirok etishga chorlaymiz.