Ta’lim hamkorligi: Xalqaro Nordik universiteti va Renessans ta'lim universitetlari maqsadlari mushtarak!

Ta’lim hamkorligi: Xalqaro Nordik universiteti va Renessans ta'lim universitetlari maqsadlari mushtarak!

Ta’lim hamkorligi: Xalqaro Nordik universiteti va Renessans ta'lim universitetlari maqsadlari mushtarak!
Xalqaro Nordik universiteti va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bu kelishuv ikki universitet o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi aloqalarni yangi darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.
 
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
 
Ta’lim mazmunini yangilash:
Universitetlar ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalarini takomillashtirib, fan dasturlarini zamonaviy talablar asosida boyitadi.
Kadrlar malakasini oshirish:
O‘qituvchilar va tadqiqotchilar malakasini oshirish hamda xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish rejalashtirilgan.
 
Qo‘shma ilmiy loyihalar:
Universitetlar ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro va mahalliy grantlar hamda tanlovlarda birgalikda ishtirok etadi.
Innovatsion faoliyat:
Innovatsiyalarni joriy qilish va amaliyotga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etishda hamkorlik qilinadi.
 
Yoshlar bilan ishlash:
Yoshlar faolligini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda ishlash rejalashtirilgan.
 
Mazkur memorandum asosida yuqoridagi yoʻnalishlarda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish va ilmiy faoliyat samaradorligini koʻtarish belgilab olindi. 
 
Hamkorlikning muvaffaqiyati O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining yangi innovatsion qadamlari uchun xizmat qiladi!