Talabalarga bilim va ma’rifat eshiklarini ochuvchi tashabbus

Talabalarga bilim va ma’rifat eshiklarini ochuvchi tashabbus

Renessans ta’lim universitetining Filologiya va tarix fakulteti o‘qituvchisi, PhD, v.b.dotsent Kandilat Iusupova o‘zbek tilining ma’naviy va ilmiy boyligini qadrlagan holda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning barcha jildini universitet kutubxonasiga sovg‘a qildi. Bu tashabbus ilmiy jamoatchilik orasida katta ijobiy rezonans uyg‘otmoqda.
Ushbu tashabbusdan asosiy maqsad yoshlarni o‘zbek tilini chuqur o‘rganishlariga ko‘maklashish va filologiya sohasida ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida amalga oshirildi. K.Iusupova fikriga ko‘ra, izohli lug‘at nafaqat talabalarning lingvistik bilimlarini oshiradi, balki ularni milliy tilimizni chuqurroq tushunishga undaydi.
Yoshlarni milliy til va madaniyatga mehr uyg‘otish orqali ma’naviy tarbiyani kuchaytirish bu xayrli ishning amaliy ahamiyatidir.
 
Bu kabi tashabbuslar yosh avlodni o‘zbek tilining boy madaniy merosini qadrlashga o‘rgatadi.