Talaba-yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Talaba-yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Renessans taʼlim universiteti faollar zalida 2024/2025-oʻquv yilida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va tizimli faoliyatini tashkil yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishni Renessans taʼlim universiteti rektori, t.f.d., professor Barakayev Nusratullo Rajabovich kirish soʻzi bilan ochdi. Hozirgi globallashuv davrida yoshlar tarbiyasida faqatgina ota-ona emas, balki ustoz va murabbiylarning ham oʻrni muhimligini taʼkidladi. 2024/2025-oʻquv yilida universitetda yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, talaba-yoshlar bilan doimiy mulqotni taʼminlash va ularga amaliy koʻmak berish ishlarini tizimli tashkil etish boʻyicha akademik guruhlarga biriktirilgan masʼullar,  kafedralarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul professor-oʻqituvchilari va fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari oldidagi dolzarb vazifalarga toʻxtaldi. Shu bilan birga professor-oʻqituvchilar faoliyatini baholash boʻyicha KPI tizimi haqida ham tushintirishlar berib oʻtdi.