Renessans ta’lim universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi keng nishonlanmoqda
Joriy yilning 2-dekabr kuni Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yurtimizning yuridik sohadagi nufuzli vakillari ishtirok etdi.
Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akbar Eshmurodov uchrashuvni ochib berdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Xalim Boboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, yuridik fanlari doktori Xushvaqt Xaitov, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Sherzod Zulfiqorov, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Eshmuhammad Qodirov, Renessans ta’lim universiteti «Ijtimoiy-siyosiy fanlar» kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori To‘lqin Alimardanov kabi olimlar qatnashchilarga Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida ma’ruzalar qildilar.
Talabalar tomonidan huquq, qonunchilik va Konstitutsiyaning amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha savollar berildi. Mazkur davra suhbati Konstitutsiyaning jamiyatdagi yuksak o‘rnini targ‘ib etish, huquqiy ongni rivojlantirish va yoshlarning madaniyatini oshirishga qaratildi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat huquqshunoslar balki barcha soha vakillarining kelajakda qonunga rioya qiluvchi, ijtimoiy mas’uliyatli shaxslar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Renessans ta’lim universiteti huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishda yurtimizda yetakchi oliygohlardan biriga aylanayotgani ahamiyatlidir.