Renessans talim universiteti vakillari Qozon Federal universitetida: Hamkorlik sari yana bir qadam

Renessans talim universiteti vakillari Qozon Federal universitetida: Hamkorlik sari yana bir qadam

Ayni paytda Renessans talim universiteti rektori N.R.Barakayev boshchiligidagi vakillarimiz Qozon Federal universitetida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida Qozon Federal universitetining yutuqlarini oʻrganish, taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishish, oʻzaro hamkorlik shartnomalarini  tuzish koʻzda tutilgan.
Shu maqsadda tashrifning birinchi kunida QFU prorektori T.Alishev, Psixologiya va taʼlim instituti direktori A.Kalimulin hamda Filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti direktori oʻrinbosari E.G‘afiyatova bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Shundan soʻng, alohida mavzularda ishchi holatda mutaxassislar bilan muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Tashrif davom etmoqda.