Hurmatli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan Renessans ta’lim universiteti jamoasi chin dildan muborakbod etadi!
Konstitutsiyamiz – erkinlik, adolat va taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib, yangi O‘zbekistonni barpo etishda xalqimizga ruhiy madad va ishonch bag‘ishlaydi. Millatimizning birdamligi, bilim va ma’rifat sari intilishlari orqali biz ulug‘vor maqsadlarga erishamiz.
Bosh qomusimiz asosida bugun Yangi O‘zbekiston g‘oyasi xalqimizning buyuk intilish va irodasi bilan umumxalq harakatiga aylanganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Yurtimiz taraqqiyot yo‘lida bardavom bo‘lsin!