Renessans ta’lim universiteti talabalari xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Renessans ta’lim universiteti talabalari xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

2025-yil 13–18-aprel kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilgan V Ochiq Xalqaro Matematika Olimpiadasi (OMOUS-2025)da dunyoning 9 davlati ishtirok etdi. Unda Turkmaniston, Hindiston, Eron, Indoneziya, BAA, Polsha, Rossiya, Ruminiya va O‘zbekistondan – jami 56 ta oliy ta’lim muassasasidan 538 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Faxr bilan aytamizki, universitetimiz talabalari Muxlisa Sobirjanova va Bahodir Yadgarov mazkur nufuzli olimpiadada A toifasi bo‘yicha individual yo‘nalishda munosib ishtirok etib, har biri bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 
 
Ushbu yutuq talaba-yoshlarimizning fidoyiligi va intellektual salohiyati, shuningdek, yurtimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi yanada oshib borayotganini yaqqol namoyon etdi.
Renessans ta’lim universitetining ta’lim sifatiga yuqori darajada e’tibor qaratishi hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi ana shunday yuqori natijalarga olib kelmoqda.
 
Talabalarimizni, ularning murabbiylarini hamda universitetimiz jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz.