Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovichning Renessans ta'lim universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Fan va madaniyat rivojlanishi: Renessans g‘oyalarining zamonaviy ilmiy jarayonlarda namoyon bo‘lishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga tabrigi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovichning Renessans ta'lim universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Fan va madaniyat rivojlanishi: Renessans g‘oyalarining zamonaviy ilmiy jarayonlarda namoyon bo‘lishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga tabrigi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Renessans ta'lim universitetida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Tabrikni vazirlik vakili Asror Daminov o‘qib eshittirdi.
Unda shunday deyiladi:
 
"Assalomu alaykum hurmatli konferensiya ishtirokchilari!Bugungi globallashuv davrida har bir xalqning taraqqiyot darajasi, avvalo, uning ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarini rivojlantirishdagi yutuqlari bilan o‘lchanadi. Shu ma’noda, mamlakatimizda so‘nggi yillarda ushbu sohalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”.
 
Ushbu so‘zlar, aslida, bugungi anjumanning ma’naviy va ilmiy yo‘nalishiga uyg‘un mazmun beradi. “Fan va madaniyat rivojlanishi: Renessans g‘oyalarining zamonaviy ilmiy jarayonlarda namoyon bo‘lishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham aynan shu g‘oyani – Renessans merosini zamonaviy ilmiy tafakkur bilan uyg‘unlashtirish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Renessans davrining asosiy mazmuni – inson tafakkurining uyg‘onishi, ilm-fan va ma’naviyatning uyg‘un taraqqiyoti edi. Bugun esa bu qadriyatlar yangi mazmunda – innovatsiya, raqamli texnologiyalar va global ilmiy hamkorlik shaklida namoyon bo‘lmoqda.
 
Shu bois, mazkur anjuman doirasida ilgari suriladigan ilmiy g‘oyalar, tajribalar va tahlillar nafaqat tarixiy merosni chuqur anglashga, balki uni bugungi zamon talablariga mos tarzda talqin etishga xizmat qiladi. Bu esa Uchinchi Renessans g‘oyalarini hayotga tadbiq etishda, yosh avlodda ilmiy tafakkur va ma’naviy uyg‘onishni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Shuningdek, o‘z ilmiy izlanishlari, tajribalari va innovatsion g‘oyalari bilan bugungi anjumanda qatnashayotgan barcha olimlar, tadqiqotchilar va yoshlarimizga muvaffaqiyat tilayman.
Ishonchim komilki, ushbu nufuzli tadbir yangi ilmiy hamkorlik loyihalari, g‘oyalar va tashabbuslarga zamin yaratadi hamda O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, Uchinchi Renessans g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
 
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
 
Bugungi anjumanning barchamiz uchun samarali va manfaatli o‘tishiga ishonamiz. Ilmiy izlanishlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz".