“Ijtimoiy bilimlar va texnik-muhandislik turk dunyosi” mavzusidagi xalqaro simpozium o‘z ishini boshladi

“Ijtimoiy bilimlar va texnik-muhandislik turk dunyosi” mavzusidagi xalqaro simpozium o‘z ishini boshladi

Tadbir Renessans taʼlim universiteti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Asosiy maqsad  turk dunyosi doirasida ijtimoiy fanlar va texnik-muhandislik sohalarida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, fanlararo integratsiyani rivojlantirishdan iborat.
Simpoziumni Renessans ta'lim universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Nusratilla Barakayev tantanali ochib berdi.