"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport va sog‘lom hayot: talabalar uchun yozgi dam olish mazmunli o‘tmoqda

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport va sog‘lom hayot: talabalar uchun yozgi dam olish mazmunli o‘tmoqda

Renessans ta’lim universiteti sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishda doimo faol. Ayniqsa, ta’til davrida talabalar vaqtini behuda sarflamasligi uchun turli foydali tashabbuslar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu maqsadda “Sport faoliyati” yo‘nalishi talabalari bilan birga stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Bu sport tadbiri talabalarning yozgi dam olishini qiziqarli, sog‘lom va samarali o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Ushbu tashabbus orqali universitet sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishni maqsad qilgan.