Renessans ta'lim universiteti “Pedagogik fanlar va psixologiya” kafedrasi tomonidan Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga sayohat tashkil etildi.
Sayohatning asosiy maqsadi – talabalarda milliy adabiyotimiz asoschilarining hayoti va ijodiy faoliyati haqida chuqurroq tasavvur hosil qilish, ularning asarlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, yosh avlod qalbida adabiyotga nisbatan mehr va hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida talabalar Adiblar xiyobonining tarixiy va madaniy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldi. Xiyobonda o‘rnatilgan har bir yodgorlik va adabiy burchak o‘ziga xos tarix va ma’noga ega ekani, ular orqali xalqimizning boy adabiy merosi asrab-avaylab kelinayotgani ta’kidlandi.
Mazkur tadbir yoshlarning ma'naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitdi, ularning bilim va tafakkur doirasini yanada kengaytiruvchi muhim tashabbus bo‘ldi.